Kun.uz | Rasmiy kanal Telegram Channel

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998 78 113 10 10

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

View in Telegram

Recent Posts

Isroilga hujum. Eron dronlar va qanotli raketalar uchirmoqda. Asosiy ma’lumotlar

13-aprel kuni kechqurun uchirilgan Eron dronlari manzilgacha yana bir necha soatda yetib borishi mumkin. Isroil ularni o‘z hududiga kirishidan oldin urib tushirishni rejalashtirgan.

👉https://kun.uz/29624630

⚡️Tezkor xabarlar
Eron Isroilga hujum boshladi. O‘nlab dronlar uchirilgan

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu shoshilinch murojaat bilan chiqdi.

👉https://kun.uz/79748314

Kun.uz rasmiy kanali
“Xalqaro maydonda balans buzildi” — Shavkat Mirziyoyev dunyodagi notinchlik haqida gapirdi

“Xalqaro maydonda balans buzildi, qonun-qoidalar mutlaqo o‘zgardi. Hatto do‘stim deb yurgan davlatlar o‘rtasida ishonch yo‘q bo‘ldi, desak bu ham adolatdan. Ertaga dunyoda bu notinchlik ko‘lami qaergacha kengayishini hech kim bilmaydi”, – dedi prezident.

Kun.uz rasmiy kanali
Teraktlar: uzoq muddatli oqibatlar qanday bo‘ladi?

Moskvadagi teraktdan keyin bu voqea Rossiya va uning atrofidagi davlatlar uchun uzoq istiqbolda qanday oqibatlar yaratishi asosiy masala bo‘lib qolmoqda. Buni tahlil qilish uchun dunyo va O‘zbekiston tarixidagi eng yirik ikki terakt va ularning tarixiy oqibatlariga nazar solish o‘rinli bo‘ladi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Buxoroda 50 dan ortiq odam ovqatdan zaharlandi

Hodisa Buxoro tumanida o‘tkazilgan to‘y marosimida yuz bergan

👉https://kun.uz/59558431

Kun.uz rasmiy kanali
Migrantlarga kompensatsiya, blogerlar ko‘targan shov-shuv va qimmatlashgan elektromobillar - hafta mavzulari

Avtomobil importi bo‘yicha rasman e’lon qilinmagan cheklovlar kuchga kirgani aytilmoqda. Kadastri yo‘q hovlilarni qonuniylashtirishga ruxsat beriladi. Qashqadaryoda prokuratura tergovchisi 5 ming dollar bilan ushlandi. Elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlari sotuvi taqiqlanishi mumkin. Ortda qolayotgan haftaning shu va boshqa xabarlari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
Sidneyda erkak pichoq bilan odamlarga hujum qildi, qurbonlar bor

Avstraliya politsiyasi hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

👉https://kun.uz/29938794

Kun.uz rasmiy kanali
“Bizni uxlatib ketishdimi, tushunmayapman” - Smartbolla’ga 4200 dollar tikkan investor

2021 yilda ijtimoiy tarmoqlarda katta piar kampaniyasini o‘tkazib, o‘zini xalqaro ayti kompaniyasi deb e’lon qilgan va odamlardan investitsiya yig‘gan Smartbolla kompaniyasi haqida shubha-gumonlar ortmoqda. Kompaniyaga 4200 dollar pul tikkan investor Dilshodbek Ibragimov va’da qilingan dividendlar to‘lanmayotgani, hamon pullarini qaytarib ololmayotgani haqida Kun.uz'ga gapirib berdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Isroil Madrimov mutlaq jahon chempioniga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin

Tribuna.uz manbasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschi vazn toifasidan qat'i nazar BoxRec reytingida peshqadamlik qilayotgan, yengilmas Terens Krouford (40-0, 31 KO) bilan jang o‘tkazadi va WBA kamarini himoya qiladi.

👉https://kun.uz/67223283

Kun.uz rasmiy kanali
Turkiyada dor yo‘l kabinasi qulab tushdi: bir kishi halok bo‘lgan

Baxtsiz hodisa oqibatida 10 kishi yaralangan. Kabinalarda qolib ketgan odamlarni evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Qutqaruv ishlariga vertolyotlar jalb qilingan.

👉https://kun.uz/09575551

Kun.uz rasmiy kanali
Turkiyada dor yo‘l kabinasi qulab tushdi: bir kishi halok bo‘lgan

Baxtsiz hodisa oqibatida 10 kishi yaralangan. Kabinalarda qolib ketgan odamlarni evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Qutqaruv ishlariga vertolyotlar jalb qilingan.

👉https://kun.uz/09575551

Kun.uz rasmiy kanali
SSSRda yashirilgan fojialar - Novocherkasskda ishchilar nega otilgan edi?

Bundan qariyb 62 yil avval SSSRda fojiali voqealardan biri bo‘lib o‘tadi. Novocherkassk shahrida maosh kam va mehnat sharoiti yomon holatda narxlar oshirilgani uchun namoyishga chiqqan odamlar o‘qqa tutiladi. Ushbu ish Stalin davridan keyin SSSRda sodir bo‘lgan eng qonli hodisa sifatida eslanadi. Sovetlar bu fojiani yashirishadi va omma hodisa tafsilotlaridan SSSR parchalanib ketgandan so‘ng xabar topadi.

👉https://kun.uz/85332158

Kun.uz rasmiy kanali
Zafar Sanginov O‘zbekistonning Rossiyadagi bojxona vakili etib tayinlandi

O‘zbekistonning xorijdagi ilk bojxona vakili o‘z ishini boshladi.

👉https://kun.uz/04086608

Kun.uz rasmiy kanali
Germaniyada yangi chempion kutilmoqda, «Arsenal» revansh ilinjida, La Ligada ham muhim bahslar. Hafta o‘yinlari anonsi

Yevrokuboklardagi chorakfinalning ilk o‘yinlari yakuniga yetar-yetmas milliy chempionatlarda navbatdagi tur o‘yinlari boshlanib ketdi. Angliyada Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashga ta’sir qiladigan o‘yinlar bo‘lib o‘tsa, Germaniyada rasman yangi chempion nomi e’lon qilinishi mumkin. Rostan ham yap-yangi.

👉https://kun.uz/90177029

Kun.uz rasmiy kanali
G‘azoda yaralangan jurnalistlar, Eron–Isroil to‘qnashuvi ehtimoli va Isroilni tark etgan Samsung - 13 aprel dayjesti

Dunyoda sodir bo‘lgan ahamiyatli voqea-hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning qisqacha sharhi bilan an’anaviy tarzda tanishtirib borishda davom etamiz.

👉https://kun.uz/98259426

Kun.uz rasmiy kanali
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Sinoptiklar 15-17 aprel kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

👉https://kun.uz/14266659

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda birinchi chorakda 318 kishi shilqimlik uchun javobgarlikka tortildi

Yilning dastlabki uch oyida 318 kishi shahvoniy shilqimlik qilish aybi bilan javobgarlikka tortilgan. Yana 40 kishi shaxs sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlikda aybdor deb topildi.

👉https://kun.uz/21003149

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkent tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent shahrida bugun, 13 aprel kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.

👉https://kun.uz/42649095

Kun.uz rasmiy kanali
Qiziriq tumani hokimi Surxondaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Sherzod Rajabov viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Ushbu lavozimida ishlab kelgan Anvar Oripov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

👉https://kun.uz/60614166

Kun.uz rasmiy kanali

View in Telegram

Telegram Channel